Mening mahallam-mening faxrim
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - yil 19 - yanvardagi PQ-92 - sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amaliy harakatlar davom etmoqda. 2022-yilning 2-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti mas'ullari Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Mirzakalon Ismoiliy” mahallasiga tashrif uyushtirdik. Mahalla guzari oldida sho'x va quvnoq o'g'il, qizlarni ko'rib ular bilan suhbatlashdik. Yoshlar yetakchisi Abbos Xamzayev bilan birgalikda mahalla yoshlari haqida so'zlashib, Yoshlar balansini to'liq shakllantirish masalalarini gaplashib oldik.Yaqin oradagi rejalar xususida ham kelishib olindi.
Mahallaning yoshlari bilan faollar zalida davra suhbati uyushtirdik. Samimiy ruhda olib borilgan davra tadbiri davomida pandemiya sharoitida yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyati haqida fakultetning ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Alisher Mutalov tushuncha berdi. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga fakultet tyutori Zilola Nuraliyeva, Zilola Tursunovalar ham javob berishdi. Iqtidorli talabalarimizdan Nigora Abduqahhorova ham Universitetimiz haqida gapirib o'tdi va yoshlarni faollikka chaqirdi. Amalga oshiriladigan kelgusi ishlar haqida, "Mahalla-Universitet" aloqalarini kuchaytirish rejalari xususida ham kelishib olindi.
Universitet matbuot xizmati