“MINBAR” teledasturida ishtirok etishdi
Yer hisobini yuritish va yer taqsimoti masalasi uzoq davrlarni o‘z ichiga oladigan mavzu. Shu xususda so‘z yuritish uchun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining bir guruh professor o‘qituvchilari 25 yanvar kuni “Mahalla” telekanalining “Minbar” teleloyihasida ishtirok etishdi. Mavzu yuzasidan Yer resurslarini boshqarish fakulteti dekani, PhD, dotsent Narbaev Sharafitdin Kengeshovich, Davlat kadastrlari kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Raxmonov Qosimjon, universitet matbuot kotibi, dotsent Rahimboy Jumaniyozov, “Erdan foydalanish kafedrasi” dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Babajanov Allabergan Ruzimovich, shu kafedraning katta o‘qituvchisi Muqumov Abdugani Muratovich, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti, PhD Inamov Aziz Nizamovich, shu kafedraning dotsenti v.b., PhD Reymov Mamanbek Polatovich, katta o‘qituvchi PhD Muxtorov Uzbekxon Burxonovich, “Davlat kadastrlari” kafedrasi o‘qituvchisi, tadqiqotchi Axmadaliev Vaxobjon Abduraxmonovich, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o‘qituvchisi, tadqiqotchi Abduraxmonov Ilxom Isakovich va bir qator yosh olimlar ishtirok etishdi hamda o‘z mulohazalarini bildirishdi.
“MINBAR” teledasturi o‘sha kuni chinakam ma’noda fikr-mulohazalarni bildirish maydoniga aylandi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Universitet Matbuot xizmati