E'lonlar

29.01.2022

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalsh muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Raqamli universitet platformasi mutaxassisi” lavozimiga ochiq TANLOV eʼlon qiladi!

Da'vogar ega boʼlishi lozim boʼlgan malakalar:

- raqamli texnologiyalar bilan bogʼliq mutaxassislik boʼyicha oliy maʼlumotga ega boʼlishi. Magistr akademik darajasi yoki PhD ilmiy darajasiga ega boʼlishi qoʼshimcha ustunlik hisoblanadi;

- universitet boshqaruv tizimi hamda oʼquv va ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish jarayonlari, kutubxona faoliyati va hujjatlar aylanmasini raqamlashtirishga asos boʼluvchi “Raqamli Universitet” platformasini ishlab chiqish va uning faoliyatini taʼminlash boʼyicha oliy taʼlim muassasalarida toʼplangan muayyan tajribaga ega boʼlish;

- “TIQXMMI” MTUning asosiy ustuvor faoliyat yoʼnalishlarini anglash;

- Ingliz tilida ravon ogʼzaki va yozma nutq qobiliyatlariga ega boʼlish. Oʼzbek tilini bilish koʼnikmalari barobarida rus tilini egallaganlik qadrlanadi.

 Tanlovda ishtirok etish:

 Tanlovda ishtirok etish uchun ariza, tavsiya beruvchi shaxslarning ismi sharifi koʼrsatilgan 2 ta tavsiyanoma, talabgorning yangilangan “Rezyume” si va soʼralgan ish tajribalarini koʼrsatuvchi ishlari haqida yozma maʼlumotlarni joʼnatish soʼraladi.

Аriza va soʼralgan hujjatlarni 2022 - yil 28 - fevraliga qadar pepiwm@tiiame.uz elektron pochta manziliga yuborish soʼraladi. Аriza “Raqamli universitet” sarlavhasi bilan yuborilsin.

Universitet matbuot xizmati