TIQXMMI yangiliklari

img
21.01.2022

Professionаl tа’lim muаssаsаlаri bilаn hаmkorlik аloqаlаri

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 - yil 31- avgustdagi PQ-5241-sonli “Oliy, oʼrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʼrtasida taʼlim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarorida oliy taʼlim muassasalari oʼzlariga biriktirilgan professional taʼlim muassasalarini oʼquv-metodik hujjatlar (oʼqitish materiallari toʼplamlari, didaktik materiallar, praktikumlar, texnologik xaritalar, elektron resurslar, xorijiy oʼquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar, davriy nashrlar, lugʼatlar, ensiklopediyalar, axborotnomalar hamda boshqalar) bilan taʼminlash hamda oʼzaro taʼlim jarayonini integratsiyalash asosida ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish, seminar-trening va ochiq maʼruzalar oʼtib borish vazifalari belgilandiHozirgi kunda professional taʼlim muassasalari uchun respublikamizning oliy taʼlim muassasalarida, jumladan, universitetimizda muhandis-pedagoglar tayyorlash boʼyicha professional taʼlim soha yoʼnalishlarida kadrlar tayyorlash yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, oliy taʼlim muassasalari zimmasiga boʼlajak professional taʼlim oʼqituvchilarida zaruriy kompetentsiyalarni rivojlantirish, taʼlimga ijodiy yondashgan holda muammolar yechimini mustaqil topish, mustaqil fikrga asoslangan xulosa chiqarish, ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etishga qodir boʼlgan mutaxassis kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan.

                Yuqoridagi fikrlar va qoʼyilgan vazifalar boʼyicha universitetning “Professional taʼlim va jismoniy madaniyat” kafedrasi tomonidan bir qancha professional taʼlim muassasalari bilan shartnomalar tuzildi va ular bilan hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.  21-yanvar kuni Yangiyoʼl tuman 2-son kasb-hunar maktabi oʼqituvchilari uchun “Oʼqituvchi faoliyatida pedagogik mahorat va pedagogik muloqot madaniyati”mavzusida onlayn VEBINАR oʼtkazildi. Barcha kasb-hunar maktabi oʼqituvchilari tomonidan qiziqarli va pedagogik jarayonlarni tashkil etish masalalariga oid savol –javoblar boʼlib oʼtdi. Ular tomonidan yana bunday mavzularda kafedra professor-oʼqituvchilari bilan seminar-treninglar oʼtkazish rejalashtirildi.

 

                   "Professional taʼlim va jismoniy madaniyat" kafedrasi axboroti

                      "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati