TIQXMMI yangiliklari

img
21.01.2022

"Talaba qizlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga yo’naltirish" мavzusidagi seminar-trening

Joriy yilning 19-yanvarida "Olima ayollar" klubi, mavzusida master klass" seminar trening bo’lib o’tdi. Ushbu seminar treningda universitet professor-o’qituvchi ayollar va talaba qizlar faol qatnashdilar. Yosh olimalar klubining rahbari dots. U.Sangirova ushbu mavzu yuzasidan  bugungi kunda institutimizning barcha fakultetlarida ilmiy tadqiqot olib borilayotganligi, doimiy ravishda o’z ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan faol ayol professor- o’qituvchilar, tayanch doktorantlar, magistrlar va talaba qizlarimiz a’zo bo’lganliklari to’g’risida ma’lumot berib o’tdi. Professor-o’qituvchilarimiz  iqtidorli talabalarning  ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga yo’naltirib borishlari, shuningdek, fundamental, amaliy, xalqaro va megaloyihalarda ishtirok etishlari uchun loyihalarni shakllantirish haqida ham o’z fikrlarini aytib o’tdilar. Hozirgi kunda universitetda 35 dan ortiq doimiy ravishda o’z ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan faol ayol professor-o’qituvchilar va 60 dan ortiq tayanch doktorantlar, magistrlar va talaba qizlarimiz faoliyat olib boradilar.

“Asosan ilmiy maqola yozishining umumiy talablari, annotatsiya, kalit so’zlar, asosiy qismning tahliliy yoritilishi va xulosa berilishi bo’yicha ko’rsatmalar, hamda maqolalarni yozishda ko’chirmachilikka yo’l qo’ymasliklari, mustaqil bilim olish, ilmiy dunyoqarashingizni yanada kengaytirish niyatida ma’lum bir matndan ta’lim mavzusi, o’zingizni qiziqtiradigan ilmiy qiziqishlar va tadqiqotlar mavzulari bo’yicha zarur axborotlarni olish maqsadida ilmiy adabiyotlar – jurnallar, ilmiy asarlar va maqolalar to’plamlari, kitoblarni mutolaa qilish yo’llari va ular bilan ishlash kerakligi” bu eng asosiy sizning ishingiz bo’lishi kerak deb ta’kidladi. Shundan so’ng talaba qizlar o’zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va ijobiy javob olishdi.

 

Universitet olimalar uyushmasi raisi  U. Sangirova axboroti

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati