TIQXMMI yangiliklari

img
21.01.2022

Ustozlarni yod olib

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Talabalarning ta’til davrida vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularning ilmiy faoliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, onlayn fan olimpiadalarni tashkil etish to‘g‘risidagi №1/f sonli farmoyishga asosan “Oliy matematika” kafedrasida ko‘p yillar faoliyat yuritgan professor E.F.Fayziboevni xotirlash maqsadida Oliy matematika fanidan 2022 yilning 19 va 20 yanvar kunlari tashkil etildi. Ushbu tadbirda Universitetimiz O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, “Oliy matematika” kafedrasi professori B.A.Xudayarov so‘zga chiqib professor E.Fayziboev xotirlab, u kishini bosib o‘tgan umr yo‘llari va biz yoshlarga qoldirgan ma’naviy meroslari, o‘gitlari haqida ijobiy fiklarni aytib o‘tdilar hamda onlayn olimpiadada qatnashuvchi talabalarga omad tilagan holda olimpiadani ochib berdi. SHundan keyin “Oliy matematika” kafedrasida ustoz E.Fayziboev bilan birga bir necha yillar faoliyat yuritgan hozirgi kunda O‘rta-Chirchiq tuman “Nuroniy” jamg‘armasi a’zosi Z.U.Yuldashev so‘zga chiqib, yaxshi xotiralar bilan ustoz E.Fayziboevni yod olib talabalarga ushbu olimpiadada muaffaqiyatlar tilab o‘tdi.

Tadbir so‘ngida kafedra mudiri F.Turaev va kafedra o‘qituvchisi A.Abdullaev so‘zga chiqib, talabalarga Oliy matematika fanidan o‘tkazilayotgan onlayn olimpiadani o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari haqida ma’lumotlarni berib o‘tdishdi va fan olimpiadasiga start berildi. 19.01.2022-20.01.2022 kunlari Talabalarning ta’til davrida vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularning ilmiy faoliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan onlayn olimpiadada universitetimizning barcha fakultetlaridan talabalar faol qatnashishdi, natijada ular orasidan quyidagi talabalar o‘zlarining matematik bilim salohiyatining ustunligini isbotlab 1-o‘ringa GM fakulteti 201-guruh talabasi F.Tojimurodov, 2-o‘ringa GTQ fakulteti 111-guruh talabasi Asadova Ozoda, 3-o‘ringa ERB fakulteti 102-guruh talabasi Gulmuhammedov Botirjonlar loyiq deb topildi. Kelgusida Respublikamizda hamda xalqaro fan olimpiadalarida Universitetimiz talabalarining yuksak cho‘qqilarni zabt etib yurishlarini tilab “Oliy matematika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari jamoasi!!!

Kafedra tashkiliy qo‘mitasi