TIQXMMI yangiliklari

img
21.01.2022

Ustozlarni xotirlab…

Xabaringiz bor, 19 yanvar TIQMMI-MTU talabalari o'rtasida ustozlarimiz xotirasiga bag’ishlangan fan olimpiadasiga start berilgan edi. Bugun universitetimizda fan olimpiadasi jarayonlari yakunlandi. Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi tomonidan prof. G.A.Koshevnikov xotirasiga bag'ishlangan "Qurilish va melioratsiya mashinalari" fan olimpiadasi juda qizg'in va munozarali tarzda yakunlandi. Fan olimpiadasi bu talabalar o’rtasida sog’lom raqobatni yuzaga keltirib, bir-biridan kuchli, iqtidorli talabalarni kashf etdi.  Koshevnikov Georgiy Antonovich 1904 yil 13 aprelda tug’ilgan. O’zbekiston fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, texnika fanlari doktori, professor. 1950 yilda tashkil qilingan “Qurilish mashinalari” (xozirgi “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” ) kafedrasiga uning birinchi mudiri etib O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, professor G.A. Koshevnikov tayinlangan. 1975 yilning 16 iyul kuni Toshkent shahrida vafot etgan. Zero, o’tganlarimizning vatan, yurt uchun qilgan mehnatlarini yodga olishimiz eng go’zal ishlardan hisoblanadi. Ushbu fandan o'tkazilgan olimpiadada jami 18 nafar talaba qatnashib shundan saralashdan 6 nafar talaba final bosqichi yo'llanmasiga ega bo'ldi. Finalda esa quyidagi 3 nafar talabamiz g'olib deb topildi.

1- o’rin Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash ta’lim yo’nalishi, birinchi kurs magistranti Abdukarimov Bekmirza

2- o’rin Suv xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish yo’nalishi to’rtinchi kurs talabasi Abdullayev Mirabzal

3- o’rin Suv xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish yo’nalishi to’rtinchi kurs talabasi Sharipov Mardonbek

G. A. Koshevnikov xotirasiga bag'ishlangan "Qurilish va melioratsiya mashinalari" fan olimpiadasida qatnashgan barcha talabalarimizga o’z minnaddorchiligimizni bildiramiz.

Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti axboroti