Tug'ilgan kun muborak bo'lsin!!!
Bugun 1-iyul hurmatli ustozimiz Filologiya fanlari nomzodi, professor, “Antik dunyo” va “Turon” Xalqaro fanlar akademiyalarining akademigi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Rahimboy ustoz Jumaniyozovning tavallud kunlari.
Xalqimizga 1300 yillik tariximiz muhri bo‘lgan arab alifbosiga asoslangan Eski o‘zbek yozuvini televidiniya orqali o‘rgatish asnosida keng jamoatchilik tomonidan Jumhuriyat Muallimi, nomi bilan mashhur va manzur bo‘lgan, "Eski o‘zbek yozuvi", "Alifbo saboqlari" nomli kitoblari orqali ko‘pchilikni savodxon qilgan Jumaniyozov Rahimboy Muhammadkarim o‘g‘li ayni damlarda “Notiqlik san’ati akademiyasi” direktori, "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Matbuot xizmati rahbari sifatida faoliyat yuritadilar.
Shu munosabat bilan barcha oila a’zolari, yaqinlari hamkasblari, do‘stlari, shogirdlar samimiy tabriklaydilar. “Ustoz! Tilingiz doimo – o‘qdon, so‘zingiz – o‘q, nutqingiz esa kamonday uchqur va o‘tkir bo‘laversin”, - deb qolamiz.
Notiqning noni qattiq
So‘z bobida u ortiq
Uni aslo ranjitmang
Asli u haqdan tortiq
Notiqning noni qattiq
Tinglovchiga u intiq
Jaholatni ko‘rsa gar
Unga o‘qtalgan miltiq!