TIQXMMI yangiliklari

img
29.06.2024

Yangi nafas yugurish musobaqalari bo'lib o'tdi

 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining xodim va talabalaridan tarkib topgan  jamoasi "Yangi O'zbekiston" bog'ida "Olympic day", "Vatan qalqoni"  hamda "Yoshlar kuni"ga bagʻishlangan "Yangi nafas" yugurish musobaqasida ishtirok etdi.

Eslatib o'tamiz, Poytaxtdagi ommaviy yugurish musobaqasiga 7000 dan ziyod ishtirokchi qo‘shildi, ular orasida Toshkentning 50 ta oliygohidan 3000 ga yaqin talabalar ham ishtirok etishdi."Yangi nafas" yugurish musobaqasi dasturiga 3 va 10 km bo'lgan ikkita masofa kiritilgan.