“Gidomeliorativ ishlarini mexanizasiyalash” fa`kultetini 1994 -yil bitirgan kursdoshlar uchrashuvi
2024 yil 22 iyun kuni “TIQXMMI” –MTU ning “Gidomeliorativ ishlarini mexanizasiyalash” fa`kultetini 1994 -yil bitirgan kursdoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda “TIQXMMI”-Milliy tadqiqot universitetini bitirganlar jamiyati boyicha ma’sul R. Ergashev, so’zga chiqib, bu jamiyatning vazifalari va oldiga qo’yilgan maqsadlari boyicha ma’lumotlar berdi. t.f.n., dotsent N.Q. Usmonov, I.J Xudoev mehmonlarga kafedrada talabalarga bilim berish jarayonlari, olib borilayotgan ma’naviy -ma’rifiy va Ilmiy tadqiqot ishlari boyicha ma’lumotlar berdilar.
Bitiruvchilar nomidan A. Jumaboev, N. ISkandarov va A. Komiljv: “Biz Quacquarelli Symonds (QS) world ranking university 2024 yilda dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingida O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari tarixida birinchi bor Top-550 ta dunyoning eng nufuzli universitetlari qatoriga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti reyting natijalariga ko'ra 547-o'rinni egallaganligi bilan universitet jamoasini tabriklaymiz va respublikadagi oliy o’quv yurtlari orasida bir necha yildan beri 1-o’rinni egallab turgan tabarruk dargohni bitirganimizdan hamisha faxrlanib yashaymiz” - deb fikr bildirdilar.
Mexmonlar universitetning tarixi boyicha tashkil etilgan muzeyda, axborot resurs markazida, O’zbekiston qaxramoni shoir A. Oripov muzeyida xamda zamonaviy jixozlangan o’quv auditoriyalarida bo’ldilar.
Bitiruvchilar uchrashuvga kelganlarni kutib olish va ustozlar bilan uchrashuvni yaxshi tashkil etilganligi uchun universitet raxbariyati va tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.