TIQXMMI yangiliklari

img
21.06.2024

Hurmatli maktab, kollej, litsey bitiruvchilari va muhtaram ota-onalari !

      Sizga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida 60720400 - "Texnologik mashinalar va jihozlar" (yog‘ochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarish) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab zamonaviy kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.

       Zamonaviy malakaga ega bo’lishingiz uchun Sizni, xorijiy  adabiyotlar  va zarur o‘quv-uslubiy materiallar bilan jihozlangan zamonaviy resurs markazida, qulay va shinam o‘quv xonalarida va eng muhimi, yog‘ochni qayta ishlash va mebelsozlik sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan, O’rta Osiyoda yagona innovatsion o‘quv markazida bilim olishga taklif qilamiz.

        O‘qish jarayonida Siz, zamonaviy uskunalarni boshqarish hamda yog‘ochni qayta ishlash va mebel ishlab chiqarish korxonasini loyihalash, ishlarni tashkil etish va boshqarishni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, Siz o’qish davrida  xalqaro darajadagi mutaxassislardan saboq olasiz va o‘z bilimingizni yanada mustahkamlaysiz. Ishlab chiqarish amaliyotlarini zamonaviy uskunalar bilan  jihozlangan yog’ochga ishlov berish va mebelsozlik korxonalarida qiziqarli o’tkazilishini ta’minlaymiz.

          Sizni Universitetimizda kutamiz va samarali hamkorlikni taklif etamiz.