TIQXMMI yangiliklari

img
21.06.2024

Nazariy bilimlar amaliyotda

2024 yil 19 iyun kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti   “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 60810100-“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish”, 60810300-“Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis”, 60811300-“Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” (mahsulotlar turlari bo‘yicha), 60810400-“Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash” ta’lim yo‘nalishlarining 2-kurs talabalari “Agroinjenerlik” o‘quv amaliyoti“ ni boshladilar.

Amaliyot rahbari Sh.Abduroxmonov va professor o‘qituvchilar talabalarga amaliyot o‘tash davrida texnika  xavfsizligi qoidalariga rioya etishni va ish intizomini ta’minlash, amaliyot rejasiga binoan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha tushintirish ishlari olib borildi.

Amaliyot ko‘tarinki ruxda boshlandi. Talabalar postlarda juda katta qiziqish bilan qishloq xo‘jaligi texnikalarini tuzilishi, vazifasi va ishlashini  o‘rganishmoqda.   

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti amaliyot rahbari Sh.Abduroxmonov axboroti

Universitet matbuot xizmati