TIQXMMI yangiliklari

img
20.06.2024

O'quv yili sarhisobi

Joriy yilning 15-iyun kuni «Gidromelioratsiya» fakulteti «Professional ta’lim» kafedrasining 2023-2024 - o’quv yili bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi istiqbolli rejalar bo’yicha hisobot topshirildi. Hisobotda «Gidromelioratsiya» fakulteti dekani J.Ishchanov «Professional ta’lim» kafedrasi mudiri hamda professor-o’qituvchilar va universitet tomonidan biriktirilgan mas'ul ishchi guruh a’zolari S.Xadjibekov, L.Babajonov, S.Tadjiyev, I.Ro’ziyevlar ishtirok etdilar.

Erishilgan ilmiy natijalar:

  - Darslik - 3 ta

  - O’quv qo’llanma - 3 ta

  - Uslubiy qo’llanma - 2 ta

  - Uslubiy ko’rsatma -  2 ta

  - Monografiya - 1 ta

  - Xalqaro ilmiy jurnallarda - 18 ta maqola

  - Respublika ilmiy jurnallarida - 22 ta maqola

  - Xalqaro konferensiyalarida - 20 ta maqola

  - Respublika konferensiyalarida - 5 ta maqola

  - OTM konferensiyalarida - 14 ta maqola

  - 2023-2024 o’quv yilida O’zbekiston respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk Agentligi tomonidan kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan 9 ta dasturga mualliflik guvohnomalari olindi.

Hisobot yakunida J.Ishchanov so’zga chiqib o’z takliflarini berib o’tdi:

Xorijiy seminarlarda, loyihalarda ishtirokni oshirish

Scopus maqola hamda Q1, Q2 maqolalarning sonini oshirish, ilmiy baza bilan ishlarni doimiy olib borish

2024-2025 o’quv yilida yanada mas'uliyatli bo’lish.

Hisobot uchun hamda ish olib borgan barcha xodimlarga o’z minnatdorliklarini bildirib kelgusi ishlarga ulkan zafarlar tiladilar.

«Professional ta’lim» kafedrasi assistenti Zoxida Temirova axboroti

Universitet matbuot xizmati