Yakuniy imtihonlar nazoratga olinmoqda.
2024-yil 19-iyun kuni kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan sirtqi yo'nalishida ta'lim olayotgan 1-bosqich talabalarining yakuniy test sinovlarini adolatli va shaffofligini taminlash maqsadida test sinovlarining o'tishi nazoratga olindi.
Yakuniy nazorat imtihonlarida adolat va shaffoflikni taminlash, xususan, ushbu jarayonlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida imtihon jarayonlari nazorat qilib borilmoqda. Imtihonlari boshlanishidan avval Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi xodimlari tomonidan imtihonlarga mas'ullar va talabalarga imtihon jarayonlarida korrupsion va ta'magirlik xatti-harakatlariga yo'l quymaslik bo'yicha tushunchalar berib oʻtildi.