TIQXMMI yangiliklari

img
14.06.2024

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga talabalar tashrifi

“TIQXMMI” MTU “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani X.Pirmatov tashabbusi bilan talabalarining kelgusida o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishi, sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularda mutaxassisligiga bo‘lgan ishtiyoq va qiziqishni yanada oshirish maqsadida, joriy yilning 14-iyun kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani X.Pirmatov, dekan o‘rinbosarlari A.Binakulov, M.Xolbo‘tayev, fakultet tyutorlari X.Ro‘zmetov hamda I.Ahmedovalar boshchiligida fakultetning bir guruh talabalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdilar.

Unda dastlab Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasining a’zosi Nosirjon Aminov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi Valiyev Muhammadjon Sheraliyevich, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi Xodjayeva Moxira Mirzaxmadovnalar ishtirok etib, hozirgi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, shuningdek Qonunchilik palatasi tarkibi, tuzilishi va ish tartibi, hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir qilinayotgan ishlar, har-xil tanlovlar va yana boshqa turli masalalar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdilar. Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Shundan so‘ng  talabalar bilan birga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binolari bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Mas’ul hodimlar tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qarashli kutubxona, muzey va majlislar zallariga tashrif buyurildi va ular haqida talabalarga atroflicha ma’lumotlar berildi. Shu bilan birgalikda talabalar qonun muhokamasi jarayonlari bilan bevosita tanishdilar.

 

Ekskursiya yakunida deputatlar va talabalar estalik suratlariga tushdilar va hamkorlikni yanada kuchaytirish, bunday tashriflarni doimiy uyushtirib turilishiga kelishib olindi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X.Ro’zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmat