TIQXMMI yangiliklari

img
14.06.2024

Hisobot  jarayoni - taklif va tavsiyalar omilidir

14 iyun kuni universitet xotin-qizlar maslaxat kengashi raisi va dekan maslaxatchilarining 2023-2024 o‘quv yili hisoboti tinglandi. Hisobot qabul qilish komissiya a’zolari Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Choriev, ishlash va ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z.Xaydarov, universitet psixologi M.Muhammedova, M. Xo‘jamurodovlar qatnashdi.  

Hisobotni “Iqtisodiyot”fakulteti dekan maslahatchisi R.Qodirova, “Ekalogiya va huquq”fakulteti dekan maslaxatchisi B.Mamadaminova, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ”fakulteti dekan o‘rinbosari E.G‘aniboeva, “Gidrotexnika qurilishi”fakulteti dekan o‘ribosari F.Yuldasheva va “Energetika ”fakulteti dekan maslaxatchisi Ch.Oxunbobaevlar io‘tirok etdilar.

Hisobot jarayoni juda  savollarga boy shaklda o‘tkazilgan bo‘lib,  tavsiyaviy xarakterga egaligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.  

Hisobotda  fakultetlar kesimida ayol profesmsor-o‘qituvchilar va talaba – qizlar bilan ham olib borilgan ishlar, tadbirlar, seminar treninglar o‘tkazilganligi haqida kengrok fikr bildirildi. Bu yilgi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi va dekan maslahatchilarining tasdiqlangan rejadagi vazifalar  ijobiy natijalar bilan bajarilganligi, dekan maslahatchilarning hisobotidan ko‘rinib turibti, diydi R.Choriev.  Chunki har bimr bajarilgan ishlar yuzasidan universitet saytiga ma’lumotlar o‘z vaqtida kiritilib borilganligi bu  jarayonndagi faoliyatni ko‘rsatib turibti. Shu munosabat bilan bugungi hisobotni qoniqarli deb topish mumkin degan fikrni o‘rtaga tashladi va barcha komissiya raisi va a’zolari bu fikrni qo‘lladilar.

Dekan maslahatchilari hisoboti bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan  yakuniy umumiy xulosalar va taklif tavsiyalar berildi.   Ulardan:

- talaba-qizlarning ota-onalari bilan  har bir fakultet kechimida yig‘ilishlar tashkil etish va ular bilan alohida suhbatlar tashkil etishni rejalashtirish;

- fakultetlar kesimida  barcha ayol professor-o‘qituvchilarni talaba-qizlar bilan ishlashga jalb etib borishni  tashkil etish maqsadida ustoz-shogird sifatida biriktirish;

- har bir fakultet kesimida talaba-qizlarning  ijtimoiy himoyaga muxtojligini o‘rgangan holda xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan ularni rag‘botlantirib borish;

- ayol professor-xodimlarning  o‘tkazilayotgan tadbirlarga  to‘liq qamrab olishiga erishish;

-  fakultetlar kesimida ayol professor-o‘qituvchilarni kasaba uyushmasi tomonidan   dam olish maskanlariga va sanatoriyalarga borib dam olish va sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etib borish va h.o.  tavsiyalar berildi.  O‘ylaymizki , bu takliflar xotin-qizlar maslahat kengashining yangi 2024-2025 o‘quv yili rejalariga kiritiladi.

Hisobot jarayoni bevosita kelajak rejalar tuzish omili ekanligi bugungi  jarayonda o‘z aksini topdi.