TIQXMMI yangiliklari

img
14.06.2024

Fundamental loyiha doirasida ilmiy faoliyat

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari Milliy tadqiqot universitetining FZ-202010071-raqamli “Tog‘oldi mintaqasida yong‘oq yetishtirish va sotishning samarali tizimini tashkil etish orqali aholi daromadini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental granti ishtirokchilari (grant rahbari, dotsent I.Yunusov, katta ilmiy xodimlar PhD U.Sadullaev, PhD M.Yaxyaevlar) universitet rektorining buyrug‘iga asosan 2024 yilda grantda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Samarqand viloyatining Jonboy, Oqdaryo tumanlarida joylashgan yong‘oqchilik xo‘jaliklariga tashrif buyurishdi va sohadagi mavjud tizimli muammolar, yong‘oq yetishtirish texnologiyasi, yong‘oqning intensiv navlari, grek yong‘og‘i yetishtirish uchun ketadigan xarajatlar kalkulyatsiyasi, yong‘oqchilik xo‘jaliklarining iqtisodiy imkoniyatlari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalarning rolini baholash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazildi, shuningdek, “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi faoliyati bilan atroflicha tanishib chiqildi.