TIQXMMI yangiliklari

img
12.06.2024

Mashaqqatli mehnat samarasi

Har yili 5 iyunda nishonlanadigan "Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish kuni" BMT ning ekologik harakatni va bizning sayyoramizni himoya qilish zaruratini tashviqot qiluvchi yirik tadbiri hisoblanadi. Birinchi marta nishonlangan 1974 yildan buyon tadbir jamiyatga atrof-muhit holati to‘g‘risida axborot berish uchun global platformaga aylandi.

Ko‘p yillardan beri yurtimizda ham 5-iyun, eng muhim ekologik sana — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida keng nishollanib kelinmoqda. Bu yilgi bayram “Bizning yerimiz. Bizning kelajagimiz. Biz Kelajak avlod Qayta tiklash" shiori ostida yerlarni tiklashga, cho'llanish jarayonini to'xtatish va qurg'oqchilikka chidamliligini oshirishga bag'ishlangan. Shu bilan birgalikda ekologiya sohasida xizmat qilayotgan va ilmiy ishlar olib borayotgan yurtimizning qator olimlari va ekologiya vazirligi xodimlarini Ekoligiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.Abdixakimovning tegishli buyrugʻi, “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu taqdirlash marosimida universitetimiz “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi texnika fanlari doktori, “Hydroleaders” jamoasining asoschisi va ilmiy maslahatchisi Samiyev Luqmon Nayimovich ham taqdirlanishdi.

Universitet matbuot xizmati