TIQXMMI yangiliklari

img
11.06.2024

Xalqaro yozgi maktab

Qozog’istonning Olmaota shahrida joylashgan Qozoq milliy agrar tadqiqot universitetida 3-14 iyun kunlari “Xalqaro yozgi maktab 2024” 10 ta yo’nalishda qishloq va suv xo’jaligi sohasidagi dunyoning etakchi mutaxassislari yosh olimlar bilan yagona makon va vaqtda muloqot qilish,  tajriba va bilimlarini baham ko‘rish imkoniyatini yaratish maqsadida tashkil qilingan maktabda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetidan Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasi mudiri professor Anvar Sherov “Suv resurslarini barqarar boshqarish” yo’nalishida maruzalari bilan qatnashmoqda. Shuningdek, ushbu yo’nalishda universitetimizdan doktorant B.Amanov,  PhD A.Ubaydullayev, tayanch doktorant D.G’ulomovlar faol ishtirok etmoqdalar.

“Suv resurslarini barqarar boshqarish” yo’nalishida professor xalqaro “Water hub” direktori A.D.Ryabsev, Nebraska-Linkoln universitetі professori Deniel Snou, professor Volfram Kloppmann va boshqa ko’plab olimlar o’z maruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

“GMTF” kafedrasi axboroti.