Mahalla bilan maslahat
Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 6-iyun kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin- qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi B. Mamadaminova va M.Xakimovalar Mirzo Ulug‘bek tumani "Lashkarbegi" mahalla Nuroniylar jamoatchilik kengashi hamkorligida yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, shu orqali, yangi O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti uchun intellektual va ma'naviy yetuk avlodlarini tarbiyalash muhimligi, yurtimizning ertangi taqdiri ko‘p jihatdan bugungi avlodning ta'lim-tarbiyasi, ma'naviy kamolotiga bog‘liqligi, shu boisdan voyaga yetmaganlarga e'tibor masalasiga davlat siyosati darajasida qaralishi kabi masalalariga e'tibor qaratildi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti dekan maslahatchisi B.Mamadaminova axboroti
Universitet matbuot xizmati