TIQXMMI yangiliklari

img
10.06.2024

Yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 31-mayidan 6-iyuniga qadar “Energetika” fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari” yo‘nalishlari bitiruvchilari o‘rtasida yakuniy davlat attestatsiyasi hamda bitiruv malakaviy ishi himoyasi o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarining malakaviy ishlari orqali ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini ko‘rsatishdi. Tayyorlangan barcha malakaviy ishlarda talabalarning ilmiy iqtidori shakllantirilgan, tanlangan bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha mustaqil va ijodiy ishlar yuzasidan model va maketlar, dasturiy vositalar ko‘rinishida taqdim etildi. Komissiya a’zolari tomonidan egallangan bilimlarini muayyan ilmiy, metodik, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo‘llash bo‘yicha berilgan savollarga bitiruvchilar batafsil javob berishdi. Talabalarda bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish va ular yuzasidan ilmiy hamda amaliy xulosalar chiqarish, qarorlar qabul qilish malakasini shakllantirish bo‘yicha va kelgusida ushbu ishni magistraturada va ishlab chiqarishda  davom ettirishlari uchun tavsiyalar berildi.

“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ch. Oxunboboyeva axboroti

Universitet axborot xizmati