TIQXMMI yangiliklari

img
06.06.2024

Universitetning magistranti Italiyaning Turin Politexnika universitetida amaliyot o’tamoqda

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti tomonidan moliyalashtirilgan dastur doirasida “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi “Suv xo’jaligida Smart (intellektual) o’lchash tizimlari va asboblar” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Yaxshimurodov Islombek Italiyaning Turin Politexnika universitetida 1 oylik ilmiy stajirovka o’tamoqda.

Unga Turin Politexnika universiteti professor Dr. Mihai Lazarescu rahbar sifatida biriktirilib, ilmiy tadqiqot ishi bo’yicha Italiya tajribasini o’rganmoqda. Mazkur stajirovka dasturiga binoan, elektrotexnika va robototexbika sohalari bo’yicha Turin Politexnika universiteti professor o’qituvchilari olib borayotgan ilmiy ishlari bo’yicha ma’ruzalar va trening kurslarida ishtirok etmoqda.

Yaxshimurodov Islombek Politexnika universiteti professori Camarchia Vittoriadam “Analog and telecommunication electronics” darslarida qatnashib, Italiya tajribasini o’rganmoqda. Shu bilan birgalikda, elektrotexnika va robototexnika sohasi bo’yicha Ital        iya davlatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishmoqda.

Stajirovka davom etmoqda.