TIQXMMI yangiliklari

img
06.06.2024

2-sonli TTJga tashrif

2024-yil 5-iyun kuni “Toshkent irrigatsiya  va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin – qizlar kengashi aʼzolari,  2-Talabalar turar joyigа tashrif buyurdilar. Тalaba-qizlar ishtirokida  “Dildan suhbat” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda  tyutor O.Abdullayeva talabalarni yotoqxona ichki-tartib qoidalariga amal qilishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari bo‘yicha talaba-qizlarga ma’lumot berdi. So‘ngra qavat sardorlari bilan oshxona, san-uzellar ko‘zdan kechirilib, maslahatlar berildi. Tadbir so‘nggida “Erta turmushni oldini olish” mavzusida o‘tkaziladigan davra suhbati ish rejasi ishlab chiqildi, talaba-qizlar bilan  fikr almashildi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva, O.Abdullayeva axboroti.

Universitet matbuot xizmati