TIQXMMI yangiliklari

img
05.06.2024

DAK imtihonlari

Joriy yilning 4-may kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti 5111007-“Professional ta’lim”, “Suv xo’jaligi va melioratsiya” ta’lim yo’nalishi talabalari uchun yakuniy attestatsiyasi o’tkazildi. Jumladan, “Professional ta’lim (Kasbiy ta’lim metodikasi”, “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” hamda “Irrigatsiya va melioratsiya) fanlari bo’yicha DAK imtihonlaridan o’tdilar.

“Professional ta’lim”, “Suv xo’jaligi va melioratsiya” ta’lim yo’nalishi 4-kurs 415-guruh talabalari 4 yil davomida olgan bilimlari natijalarini ko’rdilar har bir talaba berilgan savollarga to’g’ri yondashib javoblarni taqdim qilib a’lo va yaxshi baholar bilan baholandilar.

DAK imtihonlarida rais: professor Xakimova M., komissiya a’zolari “Professioanal ta’lim” kafedrasi mudiri dotsent Muqumova D.I., Ismoilova Z.K., katta o’qituvchisi Jumanov A.A., “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti A.Mamataliyevlar ishtirok etishdi. Imtihon yakunida barcha bitiruvchilarga samimiy tilaklar bilidirilib kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolishdi.

 “Professioanal ta’lim” kafedrasi assistenti Zoxida Temirova axboroti

Universitet matbuot xizmati