TIQXMMI yangiliklari

img
29.12.2021

Yangi yil oldi quvonchi

Qozog'iston Respublikasining Nursulton shahrida MDH davlatlar o'rtasida o'tkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi 2021” Xalqaro tanlovda 14 ta mamlakat ichida o’tkazilgan tanlovda bizning universitetimizdan “Eng yosh olim” nominatsiyasi bo’yicha g’olib QSXET fakulteti o’qituvchisi Nig’matov Azizjon Maxkamovich loyiq deb topildi va 1-darajali diplom hamda ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Xuddi shu munosabat bilan bugun Rektorat kengashida universitetimizning Birinchi prorektori Mirzayev Bahodir Suyunovich Azizjon Nig‘matovga diplom va ko‘krak nishonini topshirdi.

 Aziz Nig'matov tomonidan bugungi kunda qadar ilmiy izlanishlar natijalarini aks ettiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid 9 ta dasturlari (DGU) uchun patentlar muallifi, yuqori impakt faktorli xalqaro ilmiy jurnallarda 11 ta ilmiy maqola, OAK roʻyxatidagi Respublika ilmiy jurnallarida 39 ta ilmiy maqola, xalqaro va mahalliy konferensiyalar toʻplamlarida 51 ga yaqin tezislari nashr qilingan.

Xabaringiz bor “O'zbekiston yoshlari forumi – 2021” doirasida Samarqand shahridagi IT-Park Samarqand filiali binosida 15-dekabr kuni “Yoshlarning eng yaxshi innovatsion g'oyalari” hakatoni o'tkazilgan. Qiziqarli jihati universitetimizning QSXET fakulteti talaba yoshlaridan iborat Nigmatov Aziz Maxkamovich rahbarligidagi  “AUTONOMOUS” jamoasi  oʻz loyihalari bilan munosib ishtirok etdi va 23-dekabr kuni Samarqand yoshlar markazi binosida o'tkazilgan  “Yosh innovatorlar forumi” doirasida 30 ta jamoaning ichida eng yaxshi deb topilgan loyihalari uchun 5 000 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi. Nig’matov Azizjonni nufuzli yutug’ bilan tabriklaymiz va keying ishlariga omad tilaymiz!
 

 

 

                 "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Matbuot xizmati