TIQXMMI yangiliklari

img
29.05.2024

Ishlab chiqarish korxonasi bilan tuzilgan memorandum amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-42-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 4-ilovasining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti mutaxassislik kafedralarini ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoq korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga biriktirish” nomli 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zdaverloyiha” DILI tuzilgan Memorandumning 2.1.15 -bandida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2024 yil  28 may kuni “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi  mudiri  A.Muqumov tomonidan  xamkor tashkilot “O‘zdaverloyiha”DILI ning ilmiy texnik Kengashi a’zolarini 60813100- Yer kadastri va yer tuzish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 70812601-Yer resurslaridan foydalanish magistratura mutaxassisligi uchun 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorlangan o‘quv rejalarning mazmuni, ulardagi asosiy va tanlov fanlarining qaysi xorijiy universitetlar bilan taqqoslash ma’lumotlari asosida qo‘yilganini tushuntirib berdi. Uchrashuvda ilmiy texnik Kengash a’zolari tomonidan bakalavriatura va magistratura fanlarining semestrlar bo‘yicha joylashtirilishi ketma-ketligi va mazmuni bo‘yicha qiziqtirgan savollarga  javoblar berildi, ulardan o‘quv rejalarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar qabul qilindi.

“Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi axboroti