Yuridik mutaxassislar tayyorlashga bag‘ishlangan amaliyot O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Toshkent – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli qarori hamda 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-42-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI MTU) 60420100 - “Yurisprudensiya (Transchegaraviy suv munosabatlari)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalarining Malakaviy amaliyotini tashkil etishda. Parlamentning qonun chiqaruvchi palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, amaliyot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi tizimi Qo‘mitalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutida 2024-yil 28-maydan 1-iyungacha yuqori saviyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu amaliyot universitetning 2023/2024 o‘quv jarayoni grafigiga asosan amalga oshiriladi va uning maqsadi talabalarni nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish, shuningdek, ularni kelajakda yuridik sohada yuqori malakali mutaxassislar sifatida tayyorlashdan iboratdir.
Amaliyot 2024-yil 27-maydan 1-iyungacha. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Ekologiya va Suv resurlarini boshqarish kafedrasi dotsenti D.Fayziyeva hamda assistenti J.Mirzaqobulov boshchiligida amalga oshirilmoqda. Amaliyot o‘tash davomida talabalarning hayot faoliyati xavfsizligi qoidalariga rioya etishi, ish intizomini ta’minlash, zarur shart-sharoitlar yaratish, amaliyot dasturiga to‘liq rioya qilinishini ta’minlash kabi mas’uliyatlar belgilangan. TIQXMMI MTU rektori B.Mirzayevning buyrug‘iga ko‘ra, amaliyotning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan.
“E va SRB” kafedrasi assisent J.Mirzaqobulovning axboroti