TIQXMMI yangiliklari

img
25.05.2024

“Ishlab chiqarish amaliyotini o’tish tartibi” bo’yicha yig’ilish

2024 yil  25 may kuni “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi va “Yer resurslari va kadastr” fakulteti  dekanati birgalikda 60813100 -Yer  kadastri va yerdan foydalanish bakalavriyat ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 304, 305, 306 va 307-guruhlari talabalari uchun  “Ishlab chiqarish amaliyotini o’tish tartibi” mavzusida yig’ilish o‘tkazdi.

Yigilishda  dekan muovini M.Akbarov, kafedra mudiri  A.Muqumov tomonidan  amaliyot ob’ektlari, uni o’tish tartibi to’g’risida  talabalarning bilishi  uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar bilan tanishtirdi. Yig’ilish jarayonida “Xayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti Z.Mirxasilova tomonidan amaliyot davrida talabalar tomonidan rioya qilinishi lozim bo’lgan Texnika xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma o’tkazildi va talabalarga ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

“Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi axboroti