TIQXMMI yangiliklari

img
25.05.2024

Giyohvandlikka qarshimiz

2024 yil 24-may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  profilaktika inspektori  Xalilova Gulrux, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirokida “Giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda profilaktika inspektori  Xalilova Gulrux so‘zga chiqib, giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari, narkotik moddalarni inson organizmiga taʼsiri va uni isteʼmol qilinganda keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlar, giyohvandlikni butun insoniyatni tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri ekanligi, bu illat nafaqat, bir davlat chegarasida, balki hududsiz, transmilliy jinoyatlardan biri ekanligi, giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan shugʻullangan ayrim kimsalar daromad topish ilinjida ushbu illat domiga tushib qolayotganlari, buning oqibatida oilalarda turli noxushliklar yuzaga kelayotgani haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

So‘ngra yurtimizda yoshlarni bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanishlari  bo‘yicha  tavsiyalar berdi. Tadbirda talabalarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva  axboroti

Universitet matbuot xizmati