TIQXMMI yangiliklari

img
22.05.2024

Giyohvondlikka qarshi kurash va uni oldini olish

2024-yil 22-mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6-maydagi  “O’zbekiston Respublikasida Giyohvondlik vositalar va psixatrop moddalarining noqonuniy aylanmalariga chek qo’yish orqali ularning aholi salomatligi va  mamlakatimiz geofondiga salbiy ta’sirni bartaraf etish  chora-tadbirlari to’g’risida”gi  PF -73-sonli farmonida belgilangan  ijrosini ta’minlash maqsadida Universitetning 4-talabalar turar joyida xotin-qizlar o’rtasida Giyohvonlikka qarshi kurash va uni oldini olish to’g’risida umumiy yig’ilish bo’lib o’tdi.  ushbu yig’ilishda  Universitetning  rektor maslahatchisi  A.Abdusamatov, “Yer resurslari va kadastr” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Xafizova Z.X., "Yer resurslari va kadastr" fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshovalar  qatnashdilar. Ushbu yig’ilishni  H.Eshova ochib berib, rektor maslahatchisi  A.Abdusamatovga so’z berdi.

A.Abdusamatov o’z so’zida  ushbu tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad xotin-qizlar o’rtasida giyohvondlikni  oldini olish, ularni huquqqiy ongi va svodxonlgini oshirish, shuningdek,  giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda iste’mol qilayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibini belgilashi, spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda iste’mol qiluvchi voyaga yetmaganlarni aniqlash bevosita voyaga yetmagan shaxsning o’zi, uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar va ta’lim muassasalarining murojaatiga ko’ra narkologiya muassasalari tomonidan o’tkaziladigan tibbiy tekshiruv natijalariga ko’ra amalga oshirilishi to’g’risida gapirib o’tdi.

Tadbir so’ngida, savol-javob va muzokaralar uchun vaqt ajratildi va tadbir erkin suhbat asosida bo’lib talaba qizlar  o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxasislar tomonidan ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Yig’ilish ishtirokchilari Respublikamizning buyuk kelajagini yaratishda har tomonlama sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlar orasida sog’lom muhitni vujudga keltirish o’z qo’limizda ekanligi yana bir bor e’tirof etildi.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati