TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2024

Tаlаbаlаr turаr joyidа “Tikuvchilik” boʼyichа mаster klаss

2024 –yil 17-mayda TIQXMMI-MTU talabalar yashaydigan talabalat turar joyida talaba qizlarni darsdan keyin ularni bush vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida tikuvchilik sexida master klass boʼyicha davra suhbati tashkil qilindi. Ushbu davra suhbatiga Universitet xotin – qizlar maslahat kegnashi raisi Z.Ismailova, "Yer resurslari va kadastr' fakulteti dekan oʼrinbosari H.Eshova, fakultetlar xotin-qizlar kengashlari raislari Z.Xafizova, Z.Beknazarova, E.Gʼaniboevalar hamda tyutorlar va talaba qizlar qatnashdilar.

Master klassni oʼtkazishdan maqsad “ Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash”  va ularni hunar o'rgatish boʼyicha tikuvchilik kursida oʼqigan talaba qizlar tomonidan tikuvchilikni xoxlovchi qizlarni oʼrgatish kursini davom ettirishdir. Talabalar turar joyida tikuvchilikda talaba qizlar doimiy ravishda oʼz malakalarini oshirib kelmoqdalar. Bugungi kunda Universitetda raqs tugaragi ham yo'lga qo'yilgan. Ushbu tugarakda ham raqsga qiziquvch yoshlarimiz juda ko'p. Universitet raxbariyati tashabbusi bilan raqs tugaragi uchun ajoyib liboslar, kastumlarga matolar olib kelindi.

Bugungi kunda Universitetimiz raxbariyati tashabbusi bilan chivarchilikni hunarini  puxta o'rgan qizlarimiz tomonida ajoyib, bir-biridan go'zal raqs liboslari tikishni boshlashdi. Talaba qizlarimiz esa boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish uchun ushbu tugaraklarga qatnashib kelmoqda.

"Yer resurslari va kadastr" fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati