TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2024

“Mirzo Ulug‘bek vorislari”

Joriy yilning 17-may sanasida Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash “Ulug‘bek jamg‘armasi” tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida yoshlar katta shijoat bilan qatnashishmoqda. “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti talabalari orasida ham tanlovning viloyat bosqichidan g‘alaba bilan o‘tib, Respublika bosqichiga qatnashish imkonini qo‘lga kiritgan talabalarimiz 101-guruh Muhammadiyev Murodbek, 208-guruh Yangiboyev Diyorbek 304-guruh Qandimov Jamil, 310-guruh No‘monov Asiljon  va Kosjanov Muratbay jami  5 nafarni tashkil qilmoqda.

Ana shu talabalarimizni tabriklash hamda Respublika bosqichlarga zafarlar tilab, qo‘llab-quvvatlash maqsadida fakultet dekani A.Isakov,  dekan o‘rinbosari I.Buxorov va tyutor B.Abdullayev talabalarga o‘z maslahatlarini berishdi hamda Respublika bosqichda  omadlar yor bo‘lishini tilashdi. Biz sizlarga ishonamiz, g‘alabalar bardavom bo‘lsin aziz talabalar!

“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati