TIQXMMI yangiliklari

img
17.05.2024

Maktab bilan hamkorlik va kitobxonlik

      2024 yil 17-mayda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasiga biriktirilgan Piskent tumanidagi 37- sonli umumta’lim maktablari kafedraning professor-o’qituvchilari tashrif buyurishdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari Z.Xafizova va S.Ro’ziboevlar Piskent tumanidagi 37- sonli  umumta’lim maktablari 11- sinf o‘quvchilari hamda fan o‘qituvchilariga Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha davra suhbati tashkil qilishdi.

Maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilariga universitet ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berish va bitiruvchilarni universitet bilan yaqindan tanishtirish maqsadida unversitetga taklif qilishdi. Universitetdagi barcha yo'nalishlar to’g’risida o‘quvchilariga to‘liq ma’lumot berib o’tishdi. S.Ro’ziboev so’zga chiqib , darhaqiqat, ustoz murabbiylarning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlash bilan bir qatorda, o’quvchilarning istehdodlarini kashf etish, ularni yoshligidan o’zlari qiziqqan hamda orzu qilgan sohasiga yo’naltirish bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biriga aylanganligi sir emasdir.

        Oliy o’quv yurtiga qadam bosish uchu-o’quvchining bilimi mustahkam bulishi kerakligini ta’kidlab o’tdi. Shundan so’ng xotin –qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova 2-sinf o’quvchi qizlari bilan  kitobxonlik bo’yicha  suhbat o’tkazib, ularga sovg’alar ulashildi.

                                         Yer resurslarini boshqarish kafedrasi axboroti