Xalqaro oila kuni
2024 yil 16 may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin – qizlar kengashi aʼzolari, 2-Talabalar turar joyida talaba-qizlar ishtirokida “Xalqaro oila kuni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda tyutor O.Abdullayeva, E.G‘aniboyevalar so‘zga chiqib, Oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan o‘rni bo’yicha o’z fikr mulozalarini bildirdilar. Tadbir so‘nggida kelgusida ishlar bo‘yicha fikr almashildi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboyeva, O.Abdullayeva axboroti.
Universitet matbuot xizmati