Ota-onalar bilan uchrashuv
2024 yil 11 may kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakultetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan Universitet rahbariyati uchrashuvi o‘tkazildi. Erta tongdan ota-onalarni kutib olish, yuqori darajada tashkil etilib, fakultet talabalarining erishgan yutuqlari va ijodiy ishlanmalari ko‘rgazmasi, mediya bo‘yicha biriktirilgan volontyor talabalar tomonidan videoroliklar namoyishi hamda ota-onalarni universitetda yaratilgan sharoitlar va o‘quv binolari, laboratoriyalar, muzeylar, sport majmuasi, talabalar oshxonasi va talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar yaqindan tanishtirildi.
Ota-onalar uchrashuvining asosiy masalalari Universitetda olib borilayotgan islohotlar, ta’lim-tarbiya sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan yutuqlar, talabalarni o‘qishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish.
Yig‘ishni asosiy qismini ochib berish Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Choriev kirish so‘zi bilan ochib berib, universitetda amalga oshirilayotgan ishlar va yutuqlar mazmuni hamda universitet oldida turgan masalalar to‘g‘risida fikr bildirib o‘tdi, shuningdek, Universitet “Odob-ahloq kodeksi” mazmuni bilan umumiy tanishtirib o‘tdi.
Tadbirda “Iqtisodiyot” kafedrasi professori S.Umarov so‘zga chiqib fakultetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar faoliyati, erishilayotgan yutuqlar hamda ilmiy faoliyat to‘g‘risida fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani U.Alimov tomonidan fakultet oldida turgan strategik maqsadlar, o‘quv jarayoni va ta’lim-tarbiya borasida qilinayotgan ishlar to‘g‘risida taqdimot qildi. Ota-onalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
Tadbir so‘ngida fakultetda tahsil olayotgan iqtidorli va ijtimoiy faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi hamda fotosessiya o‘tkazildi.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati