Talabalarning bo‘sh vaqtida sport o‘yinlari
2024 yil 12-may kuni “TIQXMMI” MTU Sport majmuasida “Energetika” fakulteti Talabalar turar joyida yashovchi talablarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilga 5 muhim tashabbus doirasida, 2-tashabbus Yoshlarni jismoniy chiniqtirish ularni sport sohasida qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida va talaba yoshlarning takliflaridan kelib chiqqan holda Energetika fakultetida Sportning 5 turi bo‘yicha (Mini futbol, Voleybol, Basketbol, Stol tennis, Shaxmat turlari) bo‘yicha “Yoshlar Spartakiada” bo‘lib o‘tdi.
Musobaqani jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Spartakiadani fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Buxorov ochib berdi. Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o‘qituvchisi M.Tursunqulov musobaqani shartlari bilan talablarga tanishtirib, talaba yoshlarga omad tilandi. Musobaqada sportning 5 ta turi bo‘yicha guruhlarga bo‘linib o‘tkazildi. Talablarni bo‘sh vaqtlarida shunga o‘xshash musobaqalar o‘tkazish haqida talabalar taklif bildirishdi.
“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati