12.05.2024
Xotira muqaddas, qadr - aziz
“Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan joriy yilning 8-may sanasida universitetimiz Axborot-resurs markazida ko`p yillar samarali mehnat qilgan, o`z kasbining fidoyisi, qolaversa, ustasi kutubxona rahbari Tashkuziyeva Barno Usmonovna hamda Klimkina Raisa Dmitriyevna xonadonlariga tashrif uyushtirildi.
Tashrif chog`ida ustozlarimiz Barno Usmonovna va Raisa Dmitriyevnalar o`z xotiralari bilan o`rtoqlashdilar va yoshlarimizga kerakli maslahatlarni berdilar. Bayram munosabati bilan esdalik sovg`alari topshirilib, ustozlarimiz ko`tarinki ruhda xayrlashdilar.
Universitet matbuot xizmati