Talabalar turar joyida talaba qizlar bilan muloqat
2024 yil 10-mayda «Yer resurslari va kadastr» fakultetining professor –o’qituvchilari (Z.Xafizova va D.Murodovalar) talaba qizlari istiqomat qilayotgan 4- talabalar turar joyiga yotoqxonadagi muammolarini o’rganish bo’yicha tashrif buyurishdi. Qizlarning yashash sharoiti o’rganib chiqildi. Talabalarning yashashi, o’z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi uchun turar joylarda sharoitlar yaratilgan. Shundan so’ng yotoqxonadagi muammolar to’g’risida gapirib, muammolarni yechishga yordam berish to’g’risida ham gapirib o’tdilar.
Yotoqxona xodimi M.Norbo’taeva so’za chiqib, yotoqxonadagi muammolarni yechish to’g’risida gapirib, muammolarni yechish faqat yotoqxona rahbarlari emas, talabalarni o’zlari ham harakat qilishlari kerak deb ta’kidladi. Undan tashqari qizlar o’zlari yashaydigan xonalarini toza va ozoda tutishlari, gigiena qoidalariga rioya qilishlari va oshxonalarni tozaligiga ham e’tibor berishlari zarur. Qavat sardori F.Egamqulova so’zga chiqib, kechki soat 22-00 da 2-qavatni eshigi yopilishi va qizlar soat 22-00dan keyin hech qaerga chiqmasligi to’g’risida ham gapirib o’tdi. Yotoqxonaning ichki tartib - intizomiga har bir talaba rioya qilishi shart.
"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati