11.05.2024
Zakovat – zukkolar o‘yini
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 108-guruh talabalari bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Talaba- yoshlar uch guruhga bo‘linib olishdi. Savollar yozuvchi To‘lqin Hayit asarlari asosida tuzilgan bo‘lib, ko‘plab bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi.
O‘yinni guruhimiz faol talabasi F. Abdumajitova olib bordi. O‘yin toza havoda , go‘zal manzarada bo‘lib o‘tgani kayfiyatimizni yanada ko‘tardi. O‘yin so‘ngida guruhlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati