Motamsaro ona yodi
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 110-guruh talabalari bilan shahrimizning markazi Mustaqillik maydonida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga tashrif uyushtirildi.
9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga ulkan hissa qo‘shgan yurtimizning mard va jasur o‘g‘lonlari va jangchi ayollari xotirasini abadiylashtirish sharafiga bunyod etilgan majmuaga sayohat uyushtirilib, talaba-yoshlar bilan shu tinch zamonlarga yetib kelishi uchun o‘z jonini fido qilgan insonlarni yod etish maqsadida uyushtirilgan tadbirda, Vatan muqaddas, tinchlik ne’mat, shukronalik qadriyat ekanligiga yana bir amin bo‘lishdi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati