“Turonbank” o‘quv xonasida seminar
2024 yil 04 may kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti “Turonbank” o‘quv xonasida fakultet iqtidorli talaba yoshlari va xodimlari uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi. Seminarda “Turonbank” ATB O‘quv markazi rahbari Islom Salomov “Turonbank”da Strategik maqsadlar va amalga oshirish yo‘llari” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzachi tomonidan hozirgi kunda Respublikamizdagi Bank tizimida “Svetofor” prinsipi asosida banklar bilan taqqoslash va joriy ko‘rsatkichlar, Turonbank bankning yangilangan missiyasi va qarashlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradigan 14 ta strategik maqsadni shakllantirganligi va uning yo‘nalishlari to‘g‘risida, Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik yo‘l xaritasi mazmuni xususida, Bankning moliyaviy modeli borasida, Samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) mohiyati, shuningdek, Bank tuzilmasi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar taqdim etdi.
Ma’ruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati