TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2024

Kitob- ma’naviyat ko‘zgusi

Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Inson hayotida uning o‘rni muhimdir, millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkindir. “TIQXMMI” – Milliy tadqiqot Universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari  jamoasi  boshchiligida  joriy yilning 4-may sanasida 1 - bosqich talaba qizlari o‘rtasida “Kitob- bizning do‘stimiz” shiori ostida 4-TTJ da tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda har bir qizning o‘qigan badiiy, hajviy, chet el adabiyoti haqidagi fikr mulohazalari, kitob muallifi, nomi haqida so‘z yuritildi.  Talaba  yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, hamda ilm — nur, kitob — mo‘jiza, mutolaa — hayrat shiori ostida talaba qizlardan o‘qigan kitoblari haqida qiziqarli tarzda muzokara va munozaraga boy bo‘lgan tadbir bo‘ldi.  Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror  yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, «Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai»dir.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G. Z. Axmedjanova axboroti 

Universitet matbuot xizmati