Tozalik – sog‘lom hayot garovi
Joriy yilning 3-may kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti tyutorlari boshchiligida 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan tozalikni tashkil etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Xonalari tozaligi va shaxsiy gigienaga amal qilishning foydali jihatlari haqida yanada batafsilroq ma'lumotlar berish maqsadida "Tozalik-poklik, sog‘lik belgisi" mavzuida suhbat olib borildi.
Tozalikka har kim har kun, har vaqt amal qilishi lozimligi, mikroblar tarqalishining oldini olish (profilaktikasi) avvalo shaxsiy gigiyena va xonadon gigiyenasi qoidalariga amal qilishni talab qilishi, bundan tashqari shaxsiy gigiyena haqida ma'lumot berib, gigiyena qoidalari kun tartibi, mehnat qilish, dam olish tartibi, badanni chiniqtirish, og'iz bo'shlig'i gigiyenasi, soch gigiyenasi, teri gigiyenasi, xonadon gigiyenasi, qo'l gigiyenasi, kiyim – kechak va turar joy gigiyenasiga amal qilish salomatlik garovi ekani haqida talaba yoshlar uchun tarbiyali tavsiyalar berib o'tdi. X. Saidova: "Gigiyena qoidalariga doimiy rioya qilib borish insonning avvalo o'zini va qolaversa oilanmizni turli kasalliklardan himoya qilishning eng yaxshi usuli hisoblanadi", deb gigiyena qoidalariga amal qilish, gigiyena vositalarini qo'llash borasida o'z qimmatli hayotiy tavsiyalarini berib o'tdi.
“Gidrotexnika qurilish” fakulteti tyutorlari D. Xursandova va X.Saidovalar axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati