TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2024

Qodiriy qadri

Ma’rifatparvar adiblarning nomlarini abadiylikka muhrlaydigan nishon ularning o‘z davridagi qarashlari, jasorati va ko‘rsatgan matonatlaridir. Abdulla Qodiriy, hech shubha yo‘qki, o‘z davrining qo‘rqmas, matonatli yozuvchisi, publitsisti sifatida xalqimiz taqdirini o‘ylab adolat va ozodlik bayrog‘ini ko‘tarishga intildi.

Bugun jonfido adibimizning qadrulabad qarashlari va g‘oyalarini eslab o‘zlari istiqomat qilgan hozirda uy muzeyiga aylantirilgan hovlilarini ziyorat qildik. QXM fakulteti professor o‘qituvchilari, ustoz, professor Shaumarova Muxayyo Shaumarovna, dotsentlar  Abdillaev Tulegen Abdillaevich,  Sharipov Zayniddin Sharipovich, Jumatov Yakubboy Karimbaevich, Berdimuratov Paraxat Tajimuratovich va professor Farmonov Erkin Tolipovichlar bilan birgalikda muzeyni aylandik.

Ko‘p o‘tmay, Abdulla Qodiriy uy -muzeyi  rahbari Qodiriy Xondamir Xabibullo o‘g‘li yetib keldi. Universitetimiz jamoasining faxri Muhayyo opa Shoumarova o‘zlarining o‘tgan yili tayyorlagan "O‘zbekiston mexanik olimlari" nomli memuar-majmuasidan ikkitasini Xondamirga taqdim etdi. Toki ushbu kitob ham muzeyning qimmatbaho manbalaridan biriga aylansin.

So‘ngra, muzeydagi eksponatlarni hamda o‘ymakorlik bilan ishlangan eshik va derazalarni keli, qozon, ot arava va omochlarni tomosha qildik. Ularning yonida suratga tushdik.  Ayniqsa, Qodiriyni qadrlab, uning ijodiga befarq bo‘lmagan dunyo adiblarining devorga bitilgan mulohazalarini o‘qib benihoya ta’sirlandik.

Qudrat, qodir, qadr so‘zlarining o‘zaro uyg‘unligi Adib ijodiyotining hamda faoliyatining chinakam ma’nodagi o‘zaki va o‘zani deyish mumkin.

Universitet matbuot xizmati