TIQXMMI yangiliklari

img
04.05.2024

Savdo-sotiq ma'daniyati amaliyotda

"TIQXMMI" MTU "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi Israilova Dildora Atxamovna  ERB fakulteti 112-guruh talabalari bilan amaliy dars tashkil etildi. Talabalar darsda o’rgangan bilimlarini do’konda muloqot tarzida, dialog tuzib, meva va sabzavotlarni 2 guruhga, ularni rang va turlarga ajratib, miqdor va o’lchov birliklari tarzida mustahkamlashdi. Do’konda ingliz tili darsi noan’anaviy tarzda tashkil qilinib, dars davomida talabalar bilan o’zaro fikr almashinib, o’tilgan mavzular oldin takrorlandi, eslatmalar va ko’rsatmalar berildi.  Ingliz tilida “Savdo-sotiq madaniyati" amaliyotda mavzusida ishlatiladigan so’z, iboralar, o’lchov, miqdor birliklari taqdim etildi.

Undan so’ng talabalar  do’kon bo’ylab aylanib, mevalar, sabzavotlar, poliz ekinlari, ko’katlar, suv va sharbatlarning turli xillari, o’quv-qurollari va qiziqarli kitoblar, non rastasi va shirinliklarning inglizcha tarjimalarini takrorlab, bilmaganlarini so’rab olishdi. O’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va sotuvchi va хaridor misolida ingliz tilida suhbat qurishdi. Ushbu jarayonda talabalar o’zlari bilgan ingliz tilidagi so’zlarni amaliyotda qo’llay olishlari, suhbat paytida tinglab tushunish va hayajonni yengish  til o’rganish jarayonida juda muhim sifatlardan biri sanalishiga yana bir bora amin bo’lishdi. Ingliz tili darsining bu kabi noan’anaviy tarzda tashkil etilishi talabalarda tilga nisbatan qiziqishlarini yanada orttirib, ular tomonidan iliq qabul qilindi.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi D.Isroilova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati