Giyohvandlik –davr balosi
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 102-guruh talabalari bilan giyohvandlik, jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbir tashkil qilindi. Jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi omillardan biri bu – giyohvandlik balosidir. O‘tgan asrdan bizga “meros” bo‘lib qolgan jinoyatchilikning uchta eng xavfli turi insoniyat kelajagiga xavf solib kelmoqda.
Xususan xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkobiznes va odam savdosi shular jumlasidandir. Giyohvandlik og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga sababbo‘lmoqda.Statistik malumotlarga ko‘ra, dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlikka yo‘liqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qilishi juda achinarli. SHuning uchun yoshlar bandligini taminlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhit yaratish borasida ko‘plab tadbirlar va uchrashuvlar tashkil qilib borilyapti.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati