Hamma gap hamkorlikda
Inson avvalo oila bag‘rida unib-o‘sadi, shaxs sifatida shakllanadi. Oiladagi taʼlim-tarbiya, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida — mahalla-ko‘yda, taʼlim muassasalarida sayqal topadi. Shunday ekan, vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini, jahon hamjamiyatidagi obro‘-eʼtiborini belgilovchi barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ulug‘ vazifani oila, mahalla hamda taʼlim muassasasi hamkorligisiz hal etib bo‘lmaydi. Bu borada “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga biriktirilgan mahallalarda vatanparvarlik va shukronalik tuyg‘ularini yuksaltirshga yo‘naltirlgan hamda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etilmoqda.
26 - aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Hamid Olimjon” MFY binosida “Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari A.Ravshanov va B.Muqimov tomonidan aynan bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mohiyati haqida aniq misollar bilan tadbirga kelgan faol mahalla ahliga tushunchalar berildi. Tadbir so‘ngida “Hamid Olimjon” MFY raisi D.Xodjayeva hamda “TIQXMMI” MTU bilan kelgusida ko‘plab sohalarda hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi.
Universitet matbuot xizmati