TIQXMMI yangiliklari

img
22.12.2021

Taqdirlash tadbirida

“O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” doirasida 21 - dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida “Startap tashabbuslari” dasturining 5-davri yakuniy bosqichida g‘olib loyihalarning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bunda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot Universitetining bir guruh talabalari, ya'ni, "Hydroleaders" guruhi va "Evrika" to'garagi a'zolari  samarali ishtirok etishdi. Shuni ta'kidlash joizki, "Gidravlika va Gidroinformatika" kafedrasi dotsenti Samiyev Luqmon boshchiligida Sirojiddin Jalilov va Jamolbek Normurodovlar final bosqichida  Gidroelektromet loyihasi bilan ishtirok etib, 50 mln so'mlik start-up loyihasi sohiblari bo'lishdiYuqoridagi start-up loyihaning final bosqichida g'olib bo'lish uchun Universitetimiz hududida 1 yil davomida bir nechta tajribalar o'tkazildi va 6 oylik akseliriatsiya jarayonida ta`lim olishdi.

 

 

       

Universitet matbuot xizmati