TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqichi 107-guruh talabalari bilan axborot va tyutorlik soatini navbatdagi “O‘qigan , izlagan, kasb egallagan  inson qadrli bo‘ladi” deb nomlangan mavzusini universitetimiz axborot resurs markazida o‘tkazishni lozim topdik.

Darhaqiqat, kitob- insonning  eng yaqin do‘sti maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Aslida ham kitob va kitobxonlik insonlar ongini , tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan ma’naviyat sarchashmasidir. Abduraxmon Jomiyning kitob haqidagi shunday go‘zal satrlari bor:

Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda

G‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amgin zamonda.

U bilan qol tanho hech bermas ozor,

Joningga yuz rohat beradi takror.

Shunday ekan, ko‘p kitob o‘qing, izlaning,  bilim oling aziz talabalar. Sizlar uchun ARM eshiklari doim ochiq.

“Iqtisodiyot” fakulteti  tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati