Xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi onlayn uchrashuvi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta – Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid universitetlari hamkorligida ERASMUS+Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi onlayn uchrashuvi 2024 yil 19 aprel sanasida bo‘lib o‘tgandi.
Ushbu uchrashuv loyiha doirasida belgilangan quyidagi ish paketlar (loyiha koordinatsiyasi va boshqaruvi, ma’lumotlar to‘plash va xodimlarning malakasini oshirish, laboratoriya va markazlarni tashkil etish, loyihani targ‘ib etish va boshqa turli masalalar) ga bag‘ishlandi.
Onlayn uchrashuv dasturiga muvofiq loyiha doirasida shu paytgacha belgilangan vazifalarning belgilangan jadvallarga muvofiq o‘z vaqtida bajarilishi boʻyicha har bir universitet vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlar natijalari bilan yaqindan fikr almashdilar. Uchrashuv yakunida loyiha ishtirokchilari Italiyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yuzma-yuz uchrashuvga tayyorgarlik masalasi, shuningdek bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar rejasini muhokama qildilar.
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi assistenti R.Qobilov axboroti
Universitet matbuot xizmati